Universitet


Saqlash
11:11 / 08.11.2023 0 433

Universitet (lotincha universitas – majmua, yigʻindi) – oliy oʻquv yurti; ilmiy muassasa; turli sohalar uchun mutaxassislarni tayyorlash, ayni vaqtda ilmiy tadqiqot, kashfiyotlar amalga oshiriladigan oliy taʼlim muassasasini anglatuvchi atama. Dastlabki universitetlar madrasalar shaklida islom mamlakatlarida paydo boʻlgan edi. Universal taʼlim va ilmiy kashfiyotlar borasida IX–X asrlar va umuman oʻrta asrlarda Bagʻdod, Balx, Basra, Damashq, Qohira, Amadon, Tabriz, Samarqand, Buxoro, Nasaf, Gurganj, Kesh, Shosh shaharlaridagi madrasalar nihoyatda mashhur boʻlgan va ularda yetishgan allomalar Yevropa mamlakatlarida ham yaxshi tanilganlar. Bu madrasalarda yaratilgan koʻplab ilmiy asarlardan oʻrta asrlar Yevropasi universitetlarida asosiy darsliklar sifatida foydalanilar edi. Hozirgi shakldagi universitetlarga asos boʻlgan ilm dargohlari esa XII–XIII asrlarda Italiya, Ispaniya, Fransiya va Angliyada paydo boʻlgan. Ular asosan maʼnaviyat, din, huquq, tarix, geografiya, matematika, astronomiya, tabobatga oid fanlarni umumlashtirgan edi. XVIII–XIX asrdan boshlabgina bu tarkibga ijtimoiy va texnik fanlar ham kiritila boshladi. Oʻzbekistonda dastlabki shunday universitet 1920-yilda Toshkentdagi Xalq universiteti asosida yaratildi. 1923-yilda u Oʻrta Osiyo universiteti deb ataldi. 1960-yildan Toshkent davlat universitetiga aylandi. 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Milliy universiteti deb atala boshlandi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda turli sohalar boʻyicha yetuk mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 61 ta universitet faoliyat olib boradi. Ular burungilaridan yosh avlod tarbiyasi, bilimi va maʼnaviyatiga yuksak ahamiyat qaratilgani, kashfiyotlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani bilan farqlanadilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 330
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99725
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18235
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16397
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14612
Ommaviy madaniyat

//