Urugʻ


Saqlash
11:11 / 09.11.2023 0 517

Urugʻ (ijtimoiy birlik) – qon-qarindosh kishilarning ijtimoiy-maʼnaviy uyushuvi natijasida shakllangan jamoa. Urugʻchilik insoniyat tarixining qadimgi davriga xos boʻlib, yashash uchun kurash va tashqi dushmanlardan saqlanish maqsadida kishilarning qarindoshchilik asosida birlashuvi natijasida paydo boʻlgan. Shu yoʻl bilan kishilarning teng huquqliligi, asosiy ishlab chiqarish qurollarining umumiy mulkligi, jamoa mehnati va isteʼmol qilishning umumiyligi taʼminlangan, nikoh va diniy marosimlar tartibga solib turilgan, joriy urf-odatlar buzilganda, aybdorlar jazolangan. Zardushtiylik hukmron boʻlgan davrlarda har bir urushga Oʻtogʻa yetakchilik qilgan, uning zimmasiga ibodatxonadagi doimo yonib turuvchi oʻtning soʻnib qolmasligi masʼuliyati ham yuklangan, hozir bu soʻz “oʻtogʻasi” shaklida tilimizda uchrab turadi. Qadimda oʻzbeklarda 92 ta urugʻ boʻlgan: qoʻngʻirot, mangʻit, ming, barlos, jaloir, nayman, qurama, qipchoq va boshqalar. Har bir kishining oʻz ajdodlari kimlar boʻlganini bilish maqsadida qaysi urugʻdan ekanini aniqlashi ayb emas. Ammo urugʻchilikka mukkasidan berilib, faqat oʻz urugʻi manfaatini koʻzlab, boshqalarni kamsitish, atrofiga oʻz yaqinlarini toʻplab, qarindosh-urugʻchilik qilish yagona millat birligiga xavf tugʻdiradi. Bu millatni jipslashtirmaydi, balki zaiflashtiradi, taraqqiyotga toʻsiq boʻladi. Rivojlangan millatlarda bunday illatlarga allaqachon barham berilgan va odamning qaysi urugʻdan kelib chiqqaniga qarab emas, qanday fazilatlari borligiga qarab baho beriladi, qadrlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 317
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210646
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99711
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24331
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14607
Ommaviy madaniyat

//