Uyat


Saqlash
11:11 / 10.11.2023 0 579

Uyat – insonning umumeʼtirof etilgan talablar va odatlarga zid xatti-harakati natijasida yuzaga keladigan, oʻzaro munosabatlarda biror kishi yoki koʻpchilik oldida oʻz qilmishidan oʻngʻaysizlanishi, uning axloqqa, umuman, maʼnaviyatga zid ekanidan afsus chekishini anglatadigan tushuncha. Uyat, odatda, hayoning maʼnodoshi tarzida qoʻllansada, lekin aslida bu ikki maʼnaviy tushuncha bir-biridan farq qiladi: hayo faqat birovlarning yoki tashqi voqea-hodisalar oldida oʻngʻaysizlik holatini anglatsa, uyat kishining qilib qoʻygan xatti-harakatidan nafaqat boshqalar, balki oʻz oldida ham noqulay sezishi bilan ajralib turadi. Shu sabab uyatni maʼlum maʼnoda vijdon azobi bilan bogʻliq maʼnaviy-axloqiy hodisa deb aytish mumkin. Farqi shundaki, uyat hissi maʼlum bir vaqt mobaynida voqe boʻlib, keyinchalik sustlashadi va asta-sekin yoʻqolib boradi, vijdon azobi esa insonni to umrining oxirigacha tark etmaydi. Masalan, kishi oʻzi bilmasdan qoʻpol muomala qilgan odam bilan bir necha bor qayta uchrashganidan keyin uni iztirobga solgan uyat hissi asta-sekin yoʻqoladi. Lekin oʻtkinchi hislarga berilib, doʻsti, yaqin kishisi, Vatani, sevgilisiga xiyonat qilgan kishini vijdon azobi butun umr qiynaydi. Shu maʼnoda, uyat vijdon azobining bir koʻrinishi sifatida namoyon boʻladi. Uyat faqat insonga xos hodisa: “Uyat faqat insonga xos tuygʻudir. Hayvon uyat paydo qilolmagani uchun insonga yaqinlasha olmaydi, lekin inson uyatini yoʻqotib, hayvonga yaqinlashib qolishi mumkin” (A.Qahhor). Bir donishmand uyatni “vijdonning sirtqi koʻrinishi” deb taʼriflagan edi. Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib boʻlmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning qalbida boʻladi. Binobarin, uyaladigan odamga halol yashash xosdir. Dunyodagi har qaysi xalq yoki millatga xos tuygʻular yillar, asrlar davomida shakllanadi, goh sayqal topadi. “Uyat oʻlimdan qattiq”, “Er kishining uyalgani oʻlgani” kabi oʻzbek maqollari ham qadimdan bu tuygʻuning xalqimiz hayotida nechogʻliq yuksak maʼnaviy qadriyat ekanini koʻrsatadi. Ushbu qadriyatni avaylab-asrash, barkamol avlodni tarbiyalashga yordam beradi, jamiyatning maʼnaviy barkamolligini taʼminlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 128
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 524
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1002
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208334
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98166
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23621
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17642
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13954
Ommaviy madaniyat

//