Fan


Saqlash
11:11 / 10.11.2023 0 460

Fan (arabcha ilm, bilim, mahorat) – dunyo haqidagi obyektiv bilimlar tizimi; uni maʼlum maqsadlar yoʻlida oʻzgartirishga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. Jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri boʻlgan fan qadriyatlar tizimida oʻziga xos oʻringa ega. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtiradi, millat dunyoqarashini shakllantiradi, taʼlim-tarbiya, axloq meʼyorlarini vujudga keltiradi, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalaydi, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. Shuning uchun Oʻzbekiston ziyolilari fan va texnikani, tarixiy merosimizni chuqur oʻrganib, dolzarb mavzularda tadqiqotlar olib bormoqdalar, masalan, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi, ehti mollar nazariyasi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarini oʻrganish, molekulyar-genetik, gen-hujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish, quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish va boshqa Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida fan sohasidagi islohotlarga katta ahamiyat berilmoqda. Masalan, 2002-yilda Respublika fan va texnika davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston fan va texnologiyalar markaziga aylantirilishi, 2006-yilda esa bu sohada yana bir tizimli oʻzgarishning amalga oshirilishi kabilar shular jumlasidandir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210643
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99707
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//