Mehr tafti bilan isitgan odamlar – bu mening vatanim


Saqlash
16:11 / 30.11.2023 0 1550

1942-yil evakuatsiyada otam vafot etganidan so‘ng, butunlay tushkunlikka tushib, yashashni istamay qoldim. O‘shanda “Малый театр”  (Kichik teatr) artistlari meni o‘zlari bilan gastrollarga olib ketishadigan bo‘ldi. Ular hayotimni qutqarib qolishga qaror qilishgandi. Qishning qahraton kunida yelkasiga teatrga tegishli violonchelni ortmoqlab olgan o‘smirni olib Orsk shahriga yo‘l olishdi.

 

 

Biz olti kishi edik. Ularning har birini nomma-nom bilaman. Biz tunda umumiy vagonga chiqdik, menga yonboshdan joy tegdi. Poyezd qo‘zg‘alishi bilan chiroq o‘chdi. Kattalar yechinmasdan, aksincha, ustilariga yana bisotlaridagi bor kiyimlarini kiyib olishdi. Chunki bizga harir adyol berishgandi. Mening egnimga qo‘shimcha kiyadigan kiyim bo‘lmagani kamdek, egnimdagi kiyimlar ham to‘zib-titilib ketgandi. Yupqa adyolni ustimga tortib g‘ujanak bo‘lib oldim. Vaqt o‘tgani sayin vagon ichi muzlab borardi. Sovuqdan dir-dir titrab, sovqotgandan sovqotib borardim. Hech kimga keragi yo‘q, otasi o‘lib yetim qolgan, kelajagi mubham o‘spirin qorong‘ilik qa’rida ketib borardi. Ichimdan qaniydi, uxlasam-u qayta uyg‘onmasdan o‘lsam, barcha azoblardan qutilardim, degan xayol o‘tganligini eslayman. Shu bois sovuqqa qarshilik ko‘rsatmay qo‘ydim. Qorong‘uda, qandaydir issiqlikdan uyg‘onib ketdim. Ustimdagi adyol  qalinlashib va og‘irlashib qolgandi. Paypaslab ko‘rsam, ustimga beshta adyol yopilgan ekan. Men bilan birga ketayotgan artistlar bir-biriga bildirmasdan barchasi o‘z adyolini ustimga yopgan.

 

Keyinchalik meni grajdanlikdan mahrum qilishganida mendan yurtimga qarshi o‘z qahr-u g‘azabimni bildirishimni so‘ragan  do‘stlarimga: “men hali o‘sha adyollar haqqini ado etganim yo‘q”, deb javob berdim. Balkim bu qarzni hech qachon uzolmasman. O‘sha besh nafar artist, otam va hayotimda duch kelgan va har biri o‘zicha meni mehr tafti bilan isitgan  boshqa ko‘plab insonlar – bu mening mamlakatim, Vatanim va men uning oldida bir umr qarzdorman.

 

Mstislav ROSTROPOVICH

 

Jaloliddin SAFOYEV tarjimasi

 

Tarjimondan:  Mstislaav Leopooldovich Rostropoovich  (1927–2007) – dunyoga mashhur rus violonchelisti, pianist, dirijor, kompozitor,  pedagog, SSSR xalq artisti (1966). Yozuvchi A.Soljenisin uyidan, Yozuvchilar uyushmasidan quvg‘in qilinganda Rostropovich unga o‘z uyidan joy bergan va boshqa adolatsizlikka uchragan odamlarga yordam berganligi uchun 1978-yil SSSR grajdanligidan mahrum etilgan. Faqat 1990-yilda grajdanligi qayta tiklangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 317
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210648
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99712
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24331
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14607
Ommaviy madaniyat

//