Xoʻrlik


Saqlash
10:12 / 01.12.2023 0 361

Xoʻrlik – izzat-nafsning poymol boʻlishi, tahqirlanishni anglatuvchi tushuncha. Xoʻrlik soʻzi tashqaridan zohir boʻlmaydigan, balki odamiylik qadri toptalganidan ich-ichdan ezilish, zil ketish holatini ham anglatadi. Xoʻrlik koʻrgan odam faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan kuchli irodani talab qiladi. Chunki iroda kishilarning harakat maqsadini belgilash, unga erishish vosita va yoʻl-yoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishi hamda bu azmu qarorni amalga oshirishda namoyon boʻladi. Odamda irodaning qatʼiyligi xoʻrlik holatiga tushib qolganda undan qay tarzda xalos boʻlishida koʻrinadi. Xoʻrlik soʻzi “itdek xor boʻlmoq”, “it kuni boshiga tushmoq” kabi iboralar bilan maʼnodosh hisoblanadi. Xoʻrlik azoblanishning eng ayanchli koʻrinishi boʻlib, inson ogʻir mashaqqat va tahqirlashni boshidan kechirayotganini anglatadi. Inson butun umri davomida boshdan kechirgan his-tuygʻularini unutib yuborishi mumkin, biroq hech qachon xoʻrlikni unuta olmaydi. Chunki xoʻrlanish dilozorlik, kishi koʻngliga qattiq botadigan soʻzlarni oʻzida mujassam etadigan, salbiy maʼnoga ega boʻlgan holatni ifodalaydi. Xalqimizda “Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir” maqoli bejiz keltirilmaydi. Har bir inson chuqur mushohada qilib, oʻylab gapirishi lozim. Toki, uning soʻzidan hech kimning koʻngli ozor chekmasin, xoʻrlanmasin. Bu oʻrinda hazrat Navoiyning: “Kimki bir koʻngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Kaʼba vayron boʻlsa obod aylagay” misralarini keltirish joizdir. Darhaqiqat, har bir inson “yuz oʻylab, bir soʻzlashi”, yaʼni oʻz fikr-mulohazasini nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bildirishi lozim. Shunda u kishini xoʻrlamasdan, uning kayfiyatini shod qiladi, koʻnglini vayron qilmasdan uni obod qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 126
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1001
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208329
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98162
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23619
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17641
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13952
Ommaviy madaniyat

//