Shariat


Saqlash
17:12 / 05.12.2023 0 511

Shariat (arabcha ostona va suv ichish joyi; yoʻl; musulmon olamida qonunchilik) – islomda Alloh joriy qilgan amaliy hukmlar majmuasi, shunga asosan, shariat fiqh maʼnosida ham tushuniladi. Samoviy dinlarning barchasidagi amaliy qism shariat deb ataladi. Islom shariati hukmlari Qurʼon, sunnat, ijmoʼ va qiyosdan olinadi. Islom shariatining maqsadlari din, jon, aql, nasl va molni asrashdan iborat. Shariatda ushbu narsalarni muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan barcha choralar koʻrilgan. Shariatning hojatlilik maqsadlari esa, kishilarga qulaylik tugʻdirish hamda ulardan qiyinchilik va mashaqqatni aritishga qaratilgan. Paygʻambar Muhammad (s.a.v.) rahbarligida birinchi Islom davlati tashkil topganda shariat meʼyorlari oʻsha davlatning asosiy qonunlari boʻlgan va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Keyinchalik 4 xalifa, ummaviylar, abbosiylar va usmoniylar davlatlari vaqtida ham shariat davlatning qonuni boʻlib kelgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan turli omillarga koʻra, musulmonlar shariat hukmlaridan uzoqlasha borganlar. Hozirga kelib faqat Saudiya Arabistoni davlati oʻz shariatiga amal qiladi. Boshqa islom davlatlarida oilaviy nikoh, taloq, nafaqa kabi masalalarda va meros xususida shariatga toʻliq yoki qisman amal qilinadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 354
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 397
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210669
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99734
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24341
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18242
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16402
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//