Sharqona madaniyat


Saqlash
09:12 / 06.12.2023 0 754

Sharqona madaniyat – Sharqning turli mintaqalarida yashovchi juda koʻp millatlarning mazmunan oʻxshash va bir-biriga singib ketgan, shuningdek, oʻziga xos originalligi bilan ajralib turadigan koʻhna va zamonaviy, moddiy va maʼnaviy madaniyatlar majmuini ifodalovchi tushuncha. Masalan, arxitektura sohasida Yapon, Xitoy, Koreya uslublari, Eronda oʻziga xos zinasimon qurilish uslubi, buddizm taʼsirida shakllangan Hindiston binoshunosligi, Oʻrta Osiyoning islom madaniyati bilan qorishib ketgan shaharsozlik uslublari Sharqni boshqa mintaqalardan ajratib turadi. Osiyoning turk, kavkaz kabi xalqlarining arxitektura va shaharsozligiga Yevropa uslublari oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Sharqda oʻziga xos tarzda, mustaqil rivojlangan maʼnaviy madaniyat Yevropa madaniyati shakllanishiga ham sezilarli taʼsir oʻtkazgan. Sharqona madaniyat va maʼnaviyatning yuksalishiga, ayniqsa, islom dini katta taʼsir koʻrsatdi. Natijada, Oʻrta Osiyo, Eron, Misr xalqlari madaniyatlari kuchli rivojlanib, oʻz navbatida, bu Gʻarb xalqlari madaniyatining rivojlanishiga turtki berdi. Sharqona madaniyatning bu davrida Damashq, Xalab, Rey, Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh kabi qadimgi shaharlar yuksaldi va Basra, Kufa, Fustat (Qohira), Falastinda Ramli, Iroqda Bogʻdod, Vosiy kabi shaharlar qurildi. Buxoro, Jurjon, Samarqand, Gʻazna, Balx, Xalab, Qohira, Kordova, Sevilya, Valensiya, Bogʻdod, Basra, Damashq kabi ilm-fan va madaniyat markazlari sobiq arab xalifaligi hududlarida taraqqiy topdi.

 

Islom ilmlari (“ulum al islom”) qatorida dunyoviy ilmlar ham rivojlanib matematika (riyoziyot), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) fanlari; falsafa va tarix, ijtimoiyot yoki jamiyatshunoslik ham yuksak choʻqqilarga koʻtarildi. Sharq madaniyati koʻp qirrali va koʻp yoʻnalishli jarayonlarni boshidan oʻtkazgan. Tadqiqotchilar Sharqona madaniyatning maʼnaviyatga qoʻshgan hissasiga yuksak baho bersalar, falsafa tadqiqotchilari uni “Sharq tilsimi” deb oʻziga xos nomlaganlar. Sharqona madaniyat Sharq xalqlari hayoti, turmush tarzida oʻxshash holda namoyon boʻladigan munosabatlarni anglatuvchi tushuncha. Adolat, tinchlik, ahillik, insonparvarlik, maʼnaviy merosga hurmat, vatanparvarlik, insoflilik, halollik, fidoyilik, ziyolilik, mehnatsevarlik, mardlik, mehmondoʻstlik koʻpchilik Sharq xalqlarining yuksak fazilatlaridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 328
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99724
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18234
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14611
Ommaviy madaniyat

//