Shafqatsizlik


Saqlash
10:12 / 06.12.2023 0 301

Shafqatsizlik – maʼnaviy tamoyillar buzilishi oqibatida roʻy beradigan, insonlar yoki jonivorlarga azob berish, ularni qiynash yoki shularni amalga oshirishga intilishda namoyon boʻladigan ruhiy holatni anglatuvchi tushuncha. Shafqatsizlik ongli yoki ongsiz tarzda, oldindan oʻylab qilingan yoki qiziqqonlik oqibati boʻlishi mumkin. U xatti-harakat (qiynash), azob berish yoki harakatsizlik shaklida namoyon boʻladi. Harakat siz shafqatsizlik insonning azoblanishini ogʻirlashtiradi, u soʻz vositasida azob va iztirob yetkazish tarzida amalga oshiriladi. Shafqatsizlik kishilarga ham, hayvonlarga nisbatan ham boʻlishi mumkin. Shafqatsizlik qonuniy (bolalarni kamsitish va qattiq jazolash, oiladagi kuchsizlar taʼzirini berish, ojizlarga nisbatan zoʻravonlik) va jinoiy boʻlishi mumkin. Boshqalarga nisbatan ham jismoniy, ham jinsiy qiynash bilan qoʻshib amalga oshirilgan shafqatsizlik sadizm tusini oladi. Qurʼoni Karimda shafqatsizlikning barcha koʻrinishlari qattiq qoralanadi. “Oʻzlaringizni oʻzlaringiz oʻldirmangiz...” (Niso, 29). Alloh taolo insonlarni oʻz joniga qasd qilmaslikka, shuningdek, oʻzgalarning qonini ham nohaq toʻkmaslikka buyuradi. Hadisi sharifda “Har kim oʻzini-oʻzi biror narsa bilan oʻldirsa, qiyomat kuni doʻzaxda unga oʻsha narsa bilan azob beriladi” deyiladi. Shafqatsizlik ruhiy xastalardagina emas, ruhiy sogʻlom kishilarda ham uchraydi. Shafqatsizlikning oldini olish uchun insonlararo munosabatlarni rivojlantirish, farzandlar qalbida mehr-muhabbat tuygʻularini uygʻotish, oila aʼzolari va qoʻni-qoʻshnilar bilan samimiy munosabat oʻrnatish, ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlmaslik, yoshlikdanoq spirtli ichimliklar ichishga yoʻl qoʻymaslik, bolalarning gʻayriijtimoiy toʻdalarga qoʻshilishiga yoʻl bermaslik, jamiyatni insonparvarlashtirish lozim.

 

Tajovuzkorlik boshqa shaxsni toʻliq yoki qisman mahv etishga yoʻnaltiriladi, dushmanlik munosabatidan iborat boʻladi, insonga zarar yetkazish yoki uni iztirobga solishga qaratiladi. Shafqatsizlikdan farqli oʻlaroq, tajovuzkorlikdagi zarar yetkazish, qiynoq va iztirobga solish ayni maqsad hisoblanmaydi. Koʻpincha, tajovuzkorlik qiziqqonlik, oʻz mavqeiga ishonchsizlik, har narsaga shubha bilan qarash, chetdan boʻladigan xavfni his etish, bezovtalik kabilarni aks ettiradi. Baʼzan ijtimoiy va pedagogik eʼtiborsizlik yoki egoistik xususiyatlar bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin. Hozirgi zamonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari taʼsirida shafqatsizlikning koʻrinishlari boʻlgan gʻoyaviy tajovuzning shakl va yoʻnalishlari ham oʻzgarib bormoqda. Harbiy qurol kuchi bilan oʻz gʻarazli maqsadiga erishish imkoniyatlaridan mahrum boʻlgan ekstremist va terrorchi guruhlar tobora shafqatsizlik yoʻliga oʻtmoqda, uning zamonaviy xavfli usul va vositalaridan foydalanmoqda. Bunday tajovuzga faqat umuminsoniy gʻoyalar va demokratik tamoyillarga asoslangan sogʻlom mafkura bilan qarshi tura olish mumkinligi tobora ayon boʻlib qolmoqda. Shafqatsizlikni bartaraf etishning yagona yoʻli – yosh avlod ongi va qalbiga yuksak maʼnaviy va maʼrifiy qadriyatlarni singdirishdan iborat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 126
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1000
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208329
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98162
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23619
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17641
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13950
Ommaviy madaniyat

//