Shaxsga sigʻinish


Saqlash
10:12 / 07.12.2023 0 329

Shaxsga sigʻinish – maʼnaviy buzilish oqibatida shakllanadigan va muayyan shaxs rolini ilohiylashtirish, unga sigʻinish, xizmatlarini haddan tashqari ulugʻlashni ifodalaydigan tushuncha. Bunda goʻyo tarixiy jarayon obyektiv qonunlarga muvofiq emas, balki muayyan shaxsning xohish-irodasi bilan belgilanadi. Qadimgi zamonlarda imperatorlar, din peshvolari – papa, kohinlar va hokazolarning hokimiyatlari ilohiylashtirilgan: firʼavnlarni – Misrda, xonlarni – Xitoyda, qirollarni – Yevropada, shoh, amirlarni – Osiyoda. Shuningdek, Gegel buyuk shaxslar “ilohiy ruh” sohibi, qiroli, Shelling, Karleyl – “daho ibodati”, B.Bauer – “tanqidiy shaxslar” nazariyalarining ijodkorlari edilar. Marks, Engels, Lenin taʼlimoti izdoshlarida ham muttasil shaxsga sigʻinish avjiga chiqdi. Bu esa jahon miqyosida salbiy oqibatlarga olib keldi. Hozirgi sharoitda shaxsga sigʻinish – shaxs mavqeini mehnatkashlar ommasiga tarixning yaratuvchisi deb taʼkidlashga urinishlar sifatida namoyon boʻlmoqda. Shaxsga sigʻinish zamonaviy qarashlarga tamomila ziddir. Masalan, zamonaviy tarix metodologiyasi shaxs roli va oʻrnini tarixiy jarayon bilan chambarchas bogʻliq deb tan olib, u shaxsiy namuna va xalqning ijodiy faoliyati orqali namoyon boʻladi, deya taʼkidlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210644
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99708
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//