Sheva


Saqlash
11:12 / 07.12.2023 0 619

Sheva (forscha harakat tarzi, tarz, usul) – umumxalq tilining maʼlum hududga xos tarmogʻi, mahalliy tilni anglatuvchi tushuncha. Sheva boshqa sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. Masalan, qipchoq lahjasining mangʻit yoki saroy shevasi, qarluq lahjasiga mansub margʻilon shevasi va boshqa oʻzbek tilining eng kichik hududiy koʻrinishlari. Alohida shevalar birikib, lahjani tashkil etadi. Shevalar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Shevaning alohidalanish (ajralib qolish) darajasi, muayyan sheva vakillarining boshqa shevalar va tillarning vakillari bilan aloqa qilish darajasi, adabiy tilning shevaga taʼsiri va shu kabiga bogʻliq. Alohida ajralib qolgan shevalarda uning vakillari bilan atrofdagi aholi oʻrtasida aloqalarning yoʻqligi (geografik yoki siyosiy sabablar, atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy eʼtiqod jihatdan ayni sheva vakillaridan keskin farqlanishi tufayli), sheva vakillarining anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolishga astoydil intilishi oqibatida sheva juda sekinlik bilan oʻzgaradi, katta va kichik yoshdagilar tilidagi farq juda kam darajada boʻladi.

 

Adabiy til yoki boshqa shevaning kuchli taʼsiri ostida boʻlgan shevada aholining turli guruhlari nutqiga xos boʻlgan, bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgan va turli darajada farqlanadigan anʼanaviy (qadimgi) va yangi qatlamlar ajralib turadi. Ana shu eski va yangi qatlamlar sheva doirasidagi aholining oʻziga xos maʼnaviy-madaniy belgilarini yorqin aks ettirib boradi. Shevaga qarab urugʻ yoki aymoqni belgilash, urugʻ yoki aymoqqa qarab insonning feʼl-atvorini tushunish tarixda keng qoʻllangan. Milliy til tushunchasiniig hajmi va qoʻllanish doirasi keng boʻlib, oʻz ichiga lahja va shevalarni ham qamrab oladi. Shevalar tilning quyi shakli va tarmoqlari hisoblanib, adabiy tilni boyitish uchun xizmat qiladi. Adabiy til meʼyorlarining takomillashuvi, fan va madaniyat taraqqiyoti, shahar bilan qishloq oʻrtasidagi tafovutlarning kamayib borishi kabi ekstralingvistik omillar tufayli shevalar ham asta-sekin oʻz xususiyatlarini yoʻqota boradi. Shevalar tilshunoslikning dialektologiya boʻlimida oʻrganiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 329
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99725
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18235
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14612
Ommaviy madaniyat

//