Shomonizm


Saqlash
12:12 / 07.12.2023 0 1069

Shomonizm (tunguscha shamon – oʻta hayajonlangan, jazavaga tushgan kishi) – Sibirdagi turkiy xalqlarda “shamon” soʻzi “qam” deb yuritilgan. Shomon qabila ruhoniysi boʻlib, ular ilohiy kuchga ega deb hisoblangan. Shomonlar urf-odatlarini bajarishni tomoshaga aylantirgan. Odatda, shomon oʻyinlari kechqurun amalga oshirilgan. Oʻyin oxirida shomon behol boʻlib yiqiladi. Ularga koʻra, shomonlar ruhlar bilan pichirlashib gaplashgan. Goʻyo talvasaga tushib bemorlarni davolagan. Shomon qabila, urugʻ homiysi, qoʻriqchisi, ruhi hisoblangan. Markaziy Osiyoda ham shomonizm unsurlari mavjud. Jumladan, Surxondaryoda goʻyoki “qora bosdi”, “qora bosibdi” kabi kasalliklardan bemorni xalos qilish uchun qoʻshnochlar talvasaga tushib, oʻzini u yoqdan bu yoqqa otib, bemor tanasidagi kasalni quvmoqchi boʻladi. Ruhoniylar bu holatda insondan kasal liklarni duo va qamchi bilan urib chiqarmoqchi boʻladi, hatto ular shu jarayonda miltiqdan, uning ovozidan, kuchli shovqindan ham foydalanishga harakat qiladi. Bu jarayonda bir emas, bir necha qoʻshnochlar qatnashishi ham mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 317
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210648
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99711
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24331
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14607
Ommaviy madaniyat

//