Evdemonizm


Saqlash
11:12 / 11.12.2023 0 515

Evdemonizm (yunoncha eudaimonia – baxt-saodat, rohat-farogʻat) – baxt-saodat, rohat-farogʻatni kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yoʻnalish. Bu ibora etimologik jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ikkinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, yaʼni tashqi neʼmatlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bogʻliq boʻlsa-da, baʼzan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy neʼmatlarga ega odam baxtsiz boʻlishi va aksincha, qashshoq, ust-boshi yupun inson oʻzini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri boʻlib, u Suqrotning shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi toʻgʻrisidagi gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq. Evdemonizm baxt-saodatni jismoniy va maʼnaviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng maʼnoda, barcha jismoniy va maʼnaviy (koʻpincha fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi.

 

Bu taʼlimotga koʻra, oʻz shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farogʻat baxsh etadi. Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlarida “baxt” tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson ijodi bilan bevosita bogʻliq holda) talqin etilgan boʻlsa, nasroniy axloqda baxt haqidagi axloqiy meʼyor va tushunchalar ongdan tashqarida boʻlgan diniy tasavvurlar bilan bogʻliqligi asoslanadi. Boshqacha aytganda, inson axloqi va maʼnaviyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va uning mahsuli boʻlgan baxt oʻrtasida ziddiyat boʻlmagan dunyodagina erishish mumkin. Yangi davrda evdemonizm koʻplab faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan. Masalan, B.Spinoza va P.Gassendi oqilona bilish va hissiy ehtiroslar oʻrtasidagi ziddiyatlarga eʼtibor qaratib, huzur-halovatni aql vositasida anglash masalasini oʻrtaga tashlaydi. Fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Golbax, Volter va boshqa) “baxt” tushunchasiga oshkora gedonistik tus beradi. Ular baxtga intilishni tabiiy jarayon va shu bilan birga, asosiy axloqiy tamoyil, har qanday jamiyat va inson faoliyatining bosh maqsadi, deya talqin etadi. Bu yondashuv imkon boricha koʻproq kishilarning baxtli boʻlishi tamoyilini ilgari surgan ingliz utilitarizmi vakillari tomonidan yanada rivojlantiriladi.

 

XX asr Gʻarb falsafasi va axloqshunosligining yirik vakillari Dreyk, Santayana, Rassel, Dj.Makkey, M.Shlik, O.Neyrat asarlarida ham baxt – insonning tabiiy intilishi mahsuli, axloq esa – unga erishish yoʻllari haqidagi fan sifatida talqin etiladi. Biroq ayrim faylasuflar, chunonchi, Neyrat qarashlarida “baxt” tushunchasi normativ mazmunga ega boʻlmagani bois maʼnisizlik namoyon boʻladi: xususan, uning nazarida, kishilar qanday maqsadlarni koʻzlayotgani va qanday natijalarga erishayotgani muhim emas, baxtni his etishgina hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu oʻrinda axloqning asosiy vazifasi – kishilar ongiga taʼsir etish, ana shu hissiyotni kishilar ongiga singdirish usullari haqidagi fandan iboratdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 125
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1000
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208326
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98160
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23990
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23617
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17641
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13949
Ommaviy madaniyat

//