Evolyutsiya


Saqlash
12:12 / 11.12.2023 0 493

Evolyutsiya (yunoncha ebolitio – avj oldirish, rivojlantirish) – revolyutsiya (inqilob)ga va inqilobiy yoʻlga qarshi boʻlgan tadrijiy rivojlanish usuli toʻgʻrisidagi falsafiy taʼlimot. Zamonaviy evolyutsion nazariya butun borliqni rivojlanishda, deb qaraydi. Evolyutsion nazariya XIX asrda paydo boʻldi. Ch.Darvin oʻzining turlarni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi taʼlimotida organik olamning tadrijiy rivojlanish qonuniyatlarini koʻrsatib berdi. XX asr oxirida tabiatshunoslikda “katta portlash nazariyasi” paydo boʻlishi bilan koinotning keyingi evolyutsiyasiga qator aniqliklar kiritildi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi “har qanday mavjudot evolyutsiya natijasi”dir, degan gʻoyaga asoslanadi. Dunyoning zamonaviy manzarasi evolyutsiyaning umumiy xarakterga egaligini isbotlamoqda. Fanlararo soha hisoblangan kibernetika evolyutsiya mexanizmini oʻrgana boshladi. XX asr 70-yillarida bu soha har qanday obyekt evolyutsiyasini harakatga keltiruvchi kuchni tahlil qilishga kirishdi. Ulugʻ mutafakkirlar inqilob vayronagarchilikka asoslangan, odamlarning moddiy va maʼnaviy asoslariga zarar yetkazadigan, qadriyatlarni yoʻq qiladigan ijtimoiy hodisa ekanini koʻrsatganlar. P.Sorokinning fikricha, inqilob jamiyatni ijtimoiylashtirmaydi, odamlar ahvolini yomonlashtirib, erkinlikni boʻgʻadi. Jamiyat oʻz taraqqiyoti yoʻlida kelgan inqirozlarni islohotlar orqali hal etadi.

 

Jamiyatning bosqichli rivojlanishi haqidagi nazariyalarda ham bir bosqichdan ikkinchi bosqichga oʻtishda tub oʻzgarishning yuz berishi aytiladi. Biroq, mohiyatan, bu ijtimoiy inqilobdan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy inqilob deb siyosiy tizimni zoʻrlik bilan va vaziyatni hisobga olmay agʻdarib tashlash nazarda tutiladi. Bu esa, jamiyat hayotini izdan chiqaradi, xalqqa kulfat keltiradi. Evolyutsion oʻtish esa, hozirgi davrda texnologik oʻzgarishlar, moddiy va maʼnaviy ravnaq, taʼlim tizimini isloh qilish orqali roʻy bermoqda. Oʻzbekistonning mustaqillikni mustahkamlash, demokratik jamiyat qurish va bozor munosabatlariga bosqima-bosqich oʻtish yoʻli jahon mamlakatlari tadrijiy taraqqiyotining ilgʻor yutuqlariga asoslangan. Bu borada amalga oshirilayotgan taraqqiyotning oʻzbek modeli ana shu mezonlarga javob beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 324
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210657
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99723
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24802
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18234
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14611
Ommaviy madaniyat

//