Ezgu intilish


Saqlash
12:12 / 12.12.2023 0 378

Ezgu intilish – kundalik hayotda davlat va jamiyat hayotida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ozod va obod Vatan, el-yurt farovonligi, tinchligi, osoyishtaligi, millatlararo va elatlararo doʻstlik, diniy bagʻrikenglik yoʻlida bunyodkor ishlarni amalga oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuksalish sari intilishdir. Ezgu intilish insoniy barkamollik, Vatan iftixori va nufuzini, tuygʻusini yuksaltirishga boʻlgan harakat, fikrlash va tashabbus koʻrsatishdan iborat faoliyat turidir. Xalqimiz azaldan mehnatkashligi, buyuk yaratuvchilik quvvatiga egaligi, hamisha ezgulikka intilib yashashi, insoniy munosabatning gʻoyat ibratli jihatlarini turmush tarziga aylantirgani bilan ajralib turadi. Inson ezgulikka intilar ekan, oʻz taqdirini qoʻshnisining taqdiri, qolaversa, mahalla va tuman ahli bilan bogʻliq holda tushunadi. Mehnati natijasini faxru iftixor bilan umumiy mehnat natijasi deb biladi.

 

Ezgu intilish tuygʻusi – oʻz milliy mansubligidan faxrlanish, millatining boy tarixi, madaniy va maʼnaviy merosidan, uning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasidan gʻururlanish imkoniyati. Ezgu intilish tuygʻusi – oʻzligini anglash va oʻzgalarni tushunishga daʼvat etadigan qudratli kuch. Bu tuygʻu har bir millatga mansub oʻta nozik va ayni paytda juda murakkab holatdir. Kishi, zarur boʻlganda, hayotidagi jamiki neʼmatlardan hech ogʻrinmasdan voz kechishi mumkin. Biroq hech kim, hech qachon zgu intilishdan tonolmaydi. Chunki, zgu intilish hissi insonning qon-qoniga singib ketgan. U millatimizning eng yuksak qadriyatlaridan sanaladi. Jumladan, “Shu aziz Vatan barchamizniki”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Savob ishni har kun qilish kerak, savob ishni har kim qilishi kerak” kabi daʼvatlar ezgu intilish tuygʻularining maʼno-mazmunini ifodalaydi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida ezgu intilishi gʻoyasi mujassam etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 326
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210657
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99723
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24802
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18234
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14611
Ommaviy madaniyat

//