Ekologiya


Saqlash
12:12 / 12.12.2023 0 680

Ekologiya (yunoncha oikos – yashash joyi, makon, logos – taʼlimot) – tirik organizmlarning oʻrab turgan tirik va notirik tabiat bilan munosabatlari tizimida antropotexnogen omil rolini oʻrganuvchi fan. Ekologiya atamasini mashhur nemis zoologi Ernest Gekkel (1834–1919) “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” (1866) va “Dunyo yaratilishining tabiiy tarixi” (1868) asarlarida birinchi boʻlib fanga kiritgan. Tabiatni tabiat uchun muhofaza qilishga zaruriyat yoʻq. Uning faqat inson uchun muhofaza qilinishi ekologiyaning ijtimoiy mohiyatini namoyon qiladi. Ekologiyaning yoʻnalishlari koʻp: umumiy ekologiya bio ekologiya, zoo ekologiya, geo ekologiya, tibbiy ekologiya, muhandislik ekologiya, inson ekologiyasi va boshqa xususiy ekologiyalar. Shuningdek, ong shakllarining ekologiyalashishi tendensiyasi kuchayib, iqtisodiy ekologiya, ekoetika, ekoestetika, ekotexnologiya, ekologik huquq, ekologik siyosat va hokazo yoʻnalishlar vujudga kelmoqda. Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilishning nazariy, amaliy va uslubiy jihatlarini jahon sivilizatsiyasi manfaatlari asosida mushtarak-mujassam oʻrganuvchi falsafiy fan ijtimoiy ekologiyadir. Hozir ijtimoiy ekologiya oʻzining rivojlanish bosqichiga kirmoqda va nafaqat insonni oʻrab turgan tabiatni muhofaza qilish, balki ijtimoiy muhitni ham muhofaza qilishning fundamental nazariyalarini ishlab chiqmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210641
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99707
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//