El. Elat


Saqlash
15:12 / 13.12.2023 0 327

El – qadimiy turkiy soʻz. El muayyan joy, viloyat yoki hududda istiqomat qiladigan odamlar maʼnosini anglatadi. Masalan, Xorazm eli, Qashqar eli. El soʻzi bir qabilaga mansub kishilarga nisbatan qoʻllanadi. Masalan, qipchoq eli, mangʻit eli. Mazkur tushuncha millat, xalq maʼnosini ham ifodalaydi, shuningdek, yurt, mamlakat maʼnolarida ham qoʻllanadi.

 

Elat – kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatga koʻp jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi. Qadimda kishilarning elat boʻlib, bir hududda yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuygʻularini kuchaytirgan. Elatlar, kuchli qabilalarning kuchsiz qabilalarni oʻziga boʻysundirishi va ular bilan aralashib ketishi natijasida ham shakllangan. Elat oʻz qiyofasini saqlab qolishi, rivojlanib, millat darajasiga koʻtarilishi uchun oʻz davlatiga ega boʻlishi kerak. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish masʼuliyati elatni vujudga keltirgan. Nisbatan markazlashgan dastlabki davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Turon va boshqa joylarda paydo boʻlgan. Sayyoramizning boshqa joylarida, jumladan, Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada elatlar oʻrta asrlarda shakllangan. Dunyoda bunday jarayonlar davom etayotgan mamlakatlar hozir ham bor. Shuning uchun jonli soʻzlashuv tilida millat va elatlar degan iboralar ishlatib turiladi. Koʻpincha, elat deganda, kamsonli, madaniy-maʼrifiy, iqtisodiy-siyosiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan xalqlar ham tushuniladi. Sobiq Ittifoqda 1926-yilda aniqlangan aholi roʻyxatida 230 dan ortiq millat va elat yashaydi, deyilgan boʻlsa, 1959-yilgi aholi roʻyxatida bu raqam 129taga tushib qolgan. Demak, 100 dan ortiq elat, asosan, kam sonli xalqlar oʻz milliy qiyofalarini yoʻqotib, koʻp sonli xalqning miqdorini oshirgan.

 

Shoʻroviy mafkura “oʻz rivojlanishiga koʻra orqada qolgan koʻpgina elatlar, asosan, mayda elatlar, millatga aylanmasligi ham mumkin. Ular vaqt oʻtishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan boshqa elat va millatlar bilan yaqindan aloqa qilishga oʻtishi natijasida ilgʻor xalqning madaniyati, tilini oʻzlashtiradi va asta-sekin oʻsha millatning tarkibiga singib ketadi”, deb uqtirardi. (Bu koʻchirma Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasining 13-jildidan keltirildi). Bundan koʻrinadiki, Chor Rossiyasida XVI asrning oʻrtalaridan boshlangan bunday siyosat shoʻro davrida ham pinhona davom ettirildi. Shunisi qiziqki, qayerdaki milliy uygʻonish yuz berib, milliy mustaqillik talab etilsa, shu xalqni, shu xalq rahbarlarini separatizmda ayblash mustamlakachilarga xos usuldir. “Separatizm” lotindan olingan atama hisoblanib, ajralib chiqishga, alohida boʻlishga intilish maʼnosini bildiradi. Masalan, bir butun mamlakatning bir viloyati ajralib chiqishni istasa – bu separatizm boʻladi, bu harakatning tepasida turganlarni separatchi deyish mumkin. Bunday intilishlarni sogʻlom fikrli hech bir kishi oqlamaydi va yoqlamaydi. Bu mamlakatning yaxlitligiga rahna soladi, butun bir xalqni parokanda qiladi. Lekin tili, dini, turmush tarzi mutlaqo boshqacha boʻlgan, oʻz vataniga ega bir xalqning mustaqillikni istab, hukmron tuzum iskanjasidan ajralib chiqishi separatizm emas, balki milliy davlatchilikni tiklash yoʻlidir. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu tamoyil mazmuniga mos keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 128
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 524
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1002
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208337
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98166
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23621
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17642
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15696
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13954
Ommaviy madaniyat

//