Baxt siniqlari


Saqlash
17:12 / 19.12.2023 0 1257

Kasalxona derazasidan ko‘chaga termulib turgan bemor ayol pastda qo‘ltiqlashib ketayotgan eru-xotinga qarab xo‘rsindi. Odamlar qanday baxtiyor-a! Shunday issiq, diqqinafas xonada zerikib o‘tirishga mahkumman. Ular esa...

 

Er-xotinning ham ko‘nglidan shu gaplar o‘tayotgandi. Ayniqsa, ayoli kasalxonaga tutash maydonchada bolasini o‘ynatayotgan kelinchakka havas bilan tikildi: “Eh, qaniydi, bizning ham bolalarimiz bo‘lsa, ularni erkalab o‘ynatsak...”

 

Ittifoqo, kelinchak ham shu daqiqalarda baxti to‘kis emasligini xayolidan o‘tkazayotgan edi. U bolaligidan shifokor bo‘lishga, oppoq harir libos kiyib, odamlarga shifo ulashishga havasmand edi. Ammo taqdir unga buni ravo ko‘rmadi. Yosh turmushga berib yuborishdi.

 

Shu payt kelinchakning yonidan bir shifokor ayol horg‘in qiyofada shoshib o‘tdi. Kelinchak esa uning oppoq xalatiga havas bilan tikilib qoldi.

 

Shifokor palataga kirib, bemorga ukol qildi. U haddan ortiq charchagandi. Uy va ishxona o‘rtasida joni halak. Aroqxo‘r eri har kuni ichib kelib, janjal ko‘taradi. Ishda esa har xil ig‘vo gaplar chaynaladi.

 

“Eh, mana shu bemorchalik ham baxtli emasman-a, – deb o‘yladi u ham. – Bular har kuni to‘yib-to‘yib uxlaydi, halovati bor...”

 

Inomjon SHAVKAT

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210641
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99707
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//