Ravon yozuvchilarning oʻquvchilari, gʻaliz yozuvchilarning sharhlovchilari koʻp boʻladi – Alber Kamyudan iqtiboslar


Saqlash
11:02 / 27.02.2024 0 836

* * *

Yolgʻonsiz yashashga imkoni boʻlgan inson – ozod insondir.

 

* * *

Sevilmaslik baxtsizlik, sevolmaslik esa aniq badbaxtlikdir.

 

* * *

Maktab bizni usiz ham mavjud boʻlmagan hayotga hozirlaydi.

 

* * *

Hamma oʻzini oxirigacha taniy olmasdan vafot etadi.

 

* * *

Baxtiyorlik uchun sabab axtarsangiz, hech qachon baxtli boʻlolmaysiz. Hayotning maʼnosini axtarsangiz, yasholmay qolasiz.

 

* * *

Taassufki, insonning qalbi unga faqat baxtsizlik keltirgan hodisalarni qismat atashga moyil.

 

* * *

Ozodlik – imtiyoz emas, masʼuliyatdir.

 

* * *

Adolatsizlik bilan yo kelishish, yo kurashmoq joiz.

 

* * *

Kelajakka munosabatdagi eng katta saxovat – butun borligʻingni bugunga bagʻishlamoqdir.

 

* * *

Ravon yozuvchilarning oʻquvchilari, gʻaliz yozuvchilarning sharhlovchilari koʻp boʻladi.

 

* * *

Dunyoni oʻzgartirish iddaosi har yangi kelgan naslga xos xarakterdir.

 

* * *

Insonni inson qiluvchi narsa gapirishi emas, jim turishni uddalay olishidadir.

 

* * *

Erkin matbuot yaxshi yoki yomon boʻlishi mumkin. Biroq erkin boʻlmagan matbuot aniq yomon.

 

* * *

Qariyalik – hisdan afsusga oʻtish bosqichidir.

 

* * *

Insonga umidsizlik qadar umid beruvchi narsa yoʻq.

 

Rahmat BOBOJON tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210644
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99708
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//