Yurt qoʻriganning yurti buzilmas... – vatanparvarlik haqida maqollar


Saqlash
09:03 / 14.03.2024 0 951

Yerni sevmagan oʻzini sevmas.


⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

El qudrati – chin qudrat,

Vatan tuprogʻi – qimmat.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Yurt boshiga ish tushsa,

Er yigit hozir.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Tugʻilgan yerdan koʻngil uzilmas,

Yurt qoʻriganning yurti buzilmas.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Tinchlik – farovonlik yoʻldoshi.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Vatan qadrini bilmagan oʻz qadrini bilmas.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning – taxti.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Vataning tinch – sen tinch.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Vatanni sotgan er boʻlmas.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Vatanga kelgan – imonga kelar.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Vatansiz inson – kuysiz bulbul.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Ona yerning tuprogʻi – ona sutidan aziz.

 

⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰

Ona yurting – oltin beshiging.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Tugʻilgan yering – Vataning,
Vataning – nomusing.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

El bor boʻlsa, er xor boʻlmas,
Er bor boʻlsa, el xor boʻlmas.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Oʻz uyim – oʻlan toʻshagim.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

Oʻz yurtingning qadri
Oʻzga yurtda bilinar.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

El boshiga kun tushsa,
El yaratgan er kelar.

 

⃰⃰⃰ ⃰⃰⃰⃰ ⃰

El boshiga tushgani –
Er boshiga tushgani.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 347
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 395
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210666
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99729
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24340
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18241
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17236
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16400
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14614
Ommaviy madaniyat

//