Toshbaqaning xatosi


Saqlash
14:04 / 08.04.2024 0 876

Toshbaqadan so‘rabdilar:

 

Falon joyga qanchada yetib bora olasan?

 

Toshbaqa javob berishga shoshilmay, masofani, yo‘ldagi past-balandliklarni, tosh-tuproqni, havoning avzoyini chamalab ko‘ribdi-da:

 

O‘zi uch kunlik yo‘l ekan, mayli, katta gapirmay qo‘ya qolay, men ko‘pi bilan olti kunlarda yetib borsam kerak, – debdi.

 

Kelishibdilar. Toshbaqa yo‘lga tushibdi...

 

Oradan olti kun o‘tibdi hamki, belgilangan manzilda toshbaqadan darak yo‘qmish. Uni qidirib, daraklab, yo‘lning qoq o‘rtasidan topishibdi.

 

– Iye, sen hamma shart-sharoitni oldindan ko‘rib-bilib, chamalab olganding-ku! O‘zi uch kunlik yo‘l ekan, men olti kunda bosib o‘taman, deganding. Olti kunda yo‘lning yarmiga zo‘rg‘a yetibsan! Shu qadar ojizmisan?! – deya malomat qilibdilar jonivorga.

 

Toshbaqa hasrat bilan bosh chayqabdi-da:

 

– Meni ayblamanglar! Men oradagi masofani, yo‘lning past-balandini, hatto tosh-tuprog‘ini, havoning avzoyini hisobga olibman-u, bu yo‘ldan o‘tadigan itlarni, ahmoqlarni, betarbiyalarni, zolimlarni hisobga olmabman. Endi ilgarilay deganimda, ro‘paramdan yo bir it, yo bir zolim, yo bir ahmoq chiqib, meni teskari o‘girib, oyog‘imni osmondan qilib qo‘yaverdi. To o‘zimni o‘nglab, yana yo‘lga tushib olgunimcha allaqancha vaqt va kuch-quvvatimni yo‘qotdim... Manzil sari masofani chamalaganda, yo‘ldan chiqishi mumkin bo‘lgan beaql maxluqlarni ham hisobga olish shart ekan, – debdi.

 

Dilfuza KOMIL

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 345
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 394
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210664
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99728
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24340
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18241
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17236
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16400
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14614
Ommaviy madaniyat

//