Aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi?


Saqlash
10:02 / 17.02.2022 1 1739

 

 

* * *

Sulton Mahmud bir kuni soqchilari bilan bozor oralar ekan, biqinidan bir tilanchi suqilib sadaqa so‘rabdi. Podshoh unga bir oltin beribdi. Tilanchi pulni cho‘ntakka urib debdi:

– Nima qilyapsiz sultonim, katta bir saltanatning egasi o‘z ukasiga bittagina oltin beradimi?

– Qanaqasiga ukam bo‘lasan?

– Ikkovimiz ham Odam alayhissalomning avlodi emasmizmi? Demak, aka-ukamiz!

Shunda podshoh tilanchining qulog‘iga asta shivirlabdi:

– Bu kashfingni boshqaga ayta ko‘rma, agar hamma haqini tanib, bir-biridan ulush talab qilaversa, senga hemiri ham tegmaydi!

 

* * *

Poyezdga kech qolgan Najib Fozil ko‘ngli cho‘kib vokzaldan qaytayotgan ekan. Bir tanishi ko‘rib qolib, hol so‘rabdi:

– Ha, ustoz, nima bo‘ldi? Poyezddan kech qoldingizmi?

Mag‘lubiyatni tan olmaydigan Najib Fozil jahl bilan dedi:

– Bu qanaqa gap! Quvib yubordim poyezdni, daf bo‘lib ketdi!

 

* * *

Ochko‘z bir vazir podshoga xushomad qilibdi:

– Shohim, aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Dunyoda kimsa yo‘qki, tentakman, deb da’vo qilsa! Hamma bir-biridan oshirib soliq to‘lashga tushadi! Shoh yozilib kulibdi:

– Darvoqe, oqilona tadbir. “Topag‘on”liging evaziga seni aql solig‘idan ozod qilaman!

 

* * *

Domlaga: “Asal bilan sirka qo‘shilmaydi, ular birga tanovul qilinmaydi”, dedilar.

“Nega endi qo‘shilmas ekan”, deb domla yarim kilo asal bilan yarim kilo sirkani ichib darsga keldi. Biroz o‘tgach yuzining ko‘karayotganini ko‘rgan talabalar:

– Ha, domla, asal bilan sirka bir-biriga qo‘shilmadi-a?! – deyishganida, domla past kelmay:

– Yo‘q, nega endi, – dedi, – bir-biriga qo‘shilib olib, meni oradan chiqarib tashlamoqchi bo‘lishyapti!..

 

* * *

Rus elchisi ta’tilni o‘tkazib kelish uchun yurtiga borishdan oldin hokimning oldiga kiribdi:

– Rusiyaga ketyapman – debdi u, – u yerdan sizga nima keltiray?

– Yo‘q, yo‘q, – debdi hokim qo‘llarini silkib, – boshimizga bir g‘avg‘oni boshlab kelmasang bo‘ldi, boshqa hech narsang kerak emas!

 

* * *

Shakariy Sulton Boyazidning sanjoq beklaridan bo‘lib, shoirligi bilan mashhur edi. Rivoyatga ko‘ra, bir kasallikdan so‘ng Shakariyning soqoli oppoq oqarib ketibdi. Shakariy soqolini bo‘yab yuradigan bo‘libdi. Sulton Boyazid sababini so‘raganida, u shunday javob beribdi:

– Davlatli podshohim, qulingiz kaminayi kamtarin o‘z yoshimni shubhasiz bilurmen. Soqolim esa yolg‘on aytadur. Yolg‘onchiligi uchun har gal yuziga qora chaplaymen!

 

* * *

Bir shayx o‘tirgan joyidan derazaga boqib, yonida o‘tirganlarga debdi:

– Sizga yolg‘on aytaman... falonchi o‘tib ketyapti.

Hamma o‘rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. Shayx kulimsirab:

– Men sizlarga yolg‘on aytaman desam ham o‘rinlaringizdan turib qaradingiz. Dunyo ham shunday yolg‘onchidir, ko‘ra-bila nog‘orasiga o‘ynayveramiz!

 

* * *

Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:

– Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?

– Men bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!

 

 

“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar” kitobidan.

 

 

1 Izoh

Ikromjon

06:01 / 01.01.1970

Bu voqealar bo'lganmi bo'lmaganmi bilmayman balki shunchaki rivoyatdir nima bo'lishidan qattiy nazar ibratli hikoya ekan. Manashunday hikoyalarni ko'proq yozib turinglar. Ishlaringga omad

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 324
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 388
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206118
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96606
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22916
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22265
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16866
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16117
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14521
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12634
Ommaviy madaniyat