“Kitobing chiqqanda otang dunyodan o‘tib ketgandi-ku!” – Shukrulloga yoqmagan gap


Saqlash
11:08 / 30.08.2022 0 1612

Said Ahmadning bir ajoyib hangomasini ko‘pchilik eslaydi. Voqea rostdan ham bo‘lganmi yoki Said Ahmadning o‘zi to‘qiganmi – bu sirni ustoz dorulbaqoga olib ketdi.

– Bir kuni Shukrullo yonimga keldi, – deb hikoya qilar edi rahmatli. – Kelib, yozgan esdaliklarini o‘qib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Shukrulloning birinchi kitobi chiqqanida otasi o‘qib ko‘rib, o‘g‘lini rosa maqtabdi: “Balli, o‘g‘lim, kitobing manga ma’qul, bundan keyin ham shunday yaxshi yozaver. Kuzda, xazonrez faslida bog‘ kezganmisan? Oyog‘ing ostida yotgan sariq yaproqlar ichidan yong‘oq topib quvonganmisan? Ha, balli, quvongansan! Bu yog‘iga ham shunday qilaver! Har bir so‘zni xazon ostidan topilgan yong‘oqday bitta-bitta terib, faqat mag‘zi to‘qlarini qoldirib, puchlarini nariga itqitib yubor!”

Shukrullo yozganlarini zavq bilan o‘qiyapti, mani esa shayton qitiqlaydi. Axiyri chidolmadim. “Shukrullo, – dedim, – birinchi kitobing chiqqanida emchi otang dunyodan o‘tib ketgan edi-ku?”

Shukrulloning otasi emchilik qilgan, ikkov tengdoshmiz, uzoq qarindoshligi ham bor… Biroq Shukrulloga gapim yoqmadi. Hafsalasi pir bo‘ldi. Lekin yozganlarini ko‘zi qiymadi chog‘i, sekin maslahat so‘radi: “Saidahmad, bo‘masam “Gʻafur Gʻulom aytuvdi” desammikan?”

Har gal memuar o‘qiganimda shu gap yodimga tushadi.

 

Murod Muhammad Do‘st,

“Toshkentdan maktublar”dan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 317
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210648
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99712
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24331
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14607
Ommaviy madaniyat

//