Birovning po‘stini


Saqlash
10:08 / 31.08.2022 0 3824

Bir odam teatrga tushdi. Tomoshaning yarmiga borganda zerikdi. Bir tarafdan zal sovuq, uning ustiga sahnada o‘ynalayotgan voqea ham bachkana edi. Ketgisi keldi. Pastga tushdi. Kiyimxonaga borib, po‘stinini so‘radi. Kiyim beruvchi unga yaltoqlanib boqdi.

 

– Iye, ketopsizmi, akamullo? Shundaychin yaxshi o‘yinni tashlab-a?

 

– Yaxshi bo‘lsa artistlar o‘zi ko‘raversin, – dedi tomoshabinning ensasi qotib, – po‘stinni oling.

 

– Boz sabr qile-eng, akamullo! Haligi oshiq bacha qo‘shig‘ini aytib qaylig‘ini chaqirib olsin-da, axir. Men sizga bir piyola choy beray, ichib turing.

 

– E, qiziq odam ekansiz-ku, amaki! Oshiq yigitingiz bilan nima ishim bor? Po‘stinni bering, ketaman.

 

– Beramiz, akamullo, beramiz, shu damgacha birovning jomasini kiyib qochgan mardum emasmiz. Yak nafas sabr kuned, akamullo…

 

– Po‘stin! – deb baqirdi tomoshabin.

 

Chol nomiga ilgakdagi kiyimlarni nari-beri surib ko‘ra boshladi.

 

– Hali zamon ko‘ruvdim sabil qolgurni. Qaysi go‘rga ketdi, man hayron…

 

Shu payt tepadan hovliqib bir yigit tushib keldi.

 

– Po‘stiningiz bu yoqda, – dedi u va yechib egasiga tutqazdi. Tomoshabin bir po‘stiniga, bir aktyor yigitga qarab ajablandi.

 

– Tushunmadim. Nega mening po‘stinimni kiyib yuribsiz?

 

– Aybga qo‘shmaysiz, aka, bozor iqtisodi. Goho tomoshabinlarning kiyim-boshidan foydalanib turmasak, teatrda tuzukroq kiyimning o‘zi qolmadi…

 

Sa’dulla SIYOYEV

 

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2003 yil 1-son.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210638
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99707
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17231
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16394
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//