Umrboqiy qo‘shiq


Saqlash
11:12 / 09.12.2022 0 1491

Rauf Parfi qo‘shiqchi shoir emas edi. Chunki uning she’rlari “qo‘shiqbop” emas. Ayrim nazmbozlar kabi xonandalar bilan osh-qatiq bo‘lib, hamkorlik qilish uning tabiatiga yot bo‘lgan. 

 

Ammo shoirning “Laylo” she’ri bilan aytilgan qo‘shiq o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan buyon ma’lum va mashhurdir. Dadaxon Hasanov, Tavakkal Qodirov, Rasuljon Urayimjonov, Ilhom Farmonov kabi mashhur hofizlar bu qo‘shiqni suyib, maromiga yetkazib kuyladilar. Ushbu umrboqiy qo‘shiq bilan bog‘liq g‘aroyib hangomalar ham talaygina. Mana, shulardan biri. 

 

Rauf aka bir kuni ko‘chada ketayotsa, bir to‘da bezorisifat yigitlar o‘zlaricha “Laylo”ning so‘zlarini buzib hirgoyi qilishayotgan ekan. Shoirning g‘ashi kelib, she’rni mana bundoq qilib aytish kerak deya bezorilarga tanbeh beribdi. Bezorilar jahli chiqib shoirga hezlanishibdi: 

 

— Sen daydi she’rni qayoqdan tushunarding?! Bor, boshimizni qotirma! 

 

— Axir... axir bu she’r meniki, uni men yozganman.

 

— Sen hali bizni laqillatmoqchimisan, mana senga, mana senga! 

 

Bezorilar shoirga tashlanib, rosa do‘pposlashadi. Alamzada shoir mojaroni do‘sti, mashhur hofiz Dadaxon Hasanovga aytib, arz qiladi: 

 

— Baraka toping, shu she’rni mendan sotib olib, butunlay o‘z nomingizga o‘tkazib oling. Aks holda kaltakdan o‘lib ketaman.

 

Shodmon OTABEK

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 316
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210641
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99707
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14605
Ommaviy madaniyat

//