Nordon gap


Saqlash
14:12 / 19.12.2022 0 4015

Ko‘chada mahalladosh yigit: 

 

– To‘xtang, amaki. Siz olma sotasiz, a? – dedi. 

 

– Ha, sotaman, – dedim.

 

– Menga nordon olma kerak. Bormi?  Xotinim og‘iroyoq. Nordon narsa yeyman deyapti, – so‘radi u. 

 

Men:  

 

– Olmalarning nordoni qolmadi, hammasi shirin. Nordon olmaniyam qishga saqlasang, shakari ko‘payadi, – deb tushuntirdim. 

 

– Nima qilsam ekan. Bahor bo‘lsaykan, g‘o‘ra opkep berardim. Qishda nordon narsani qaydan topaman, – afsuslandi u. 

 

– Bilmasam. Hozir nordon narsaning o‘zi yo‘q, – dedim ketishga chog‘lanib. 

 

– Menga qarang. Bitta fikr bor. Shunga nima deysiz? Nordon narsaga boshqorong‘u bo‘lgan xotinimga nordon gap gapirsam ko‘ngli tinchirmikan? – dedi yigit yengimdan tutib. 

 

Hazillashyaptimi,  deb ko‘ziga tikildim. Yo‘q. Jiddiy. 

 

– Bilmadim. Bunaqa gapni eshitmaganman. Balki nordon gapingga xotining tinchlanar,  lekin,  menimcha, farzanding “nordon”  tug‘ilsa kerak, – dedim. 

 

– To‘g‘ri aytasiz. Buyog‘ini o‘ylamabman, – dedi u bosh qashib.

 

Rahimjon RAHMAT

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

18:06 / 25.06.2024 0 358
Mashrabning “o‘rtar”i

Bir kuni...

17:06 / 24.06.2024 0 277
Ajina ismli qiz

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 291
Tilni qanday saqlab qolamiz?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 209305
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98815
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24496
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23951
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17899
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17000
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16003
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14240
Ommaviy madaniyat

//