Shogirdga hurmat – Zulfiyaning Erkin Vohidovga bildirgan ishonchi


Saqlash
12:02 / 03.02.2023 0 1280

Ustozning shogirdga chin dildan muvaffaqiyat tilashi, buning uchun imkon va yoʻl berishi, yutuqlarini tan olishi – eng goʻzal, xayrli fazilatlardan. Va ayni holat har qanday jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan, desa boʻladi. Bu borada sevimli shoiramiz Zulfiya Isroilova barchamizga goʻzal ibrat boʻlgan doimo.

Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning rafiqalari Gulchehra opa shunday voqeani aytib bergandilar:

Erkin Vohidov shoir sifatida endi tanilib kelayotgan yillarida respublika yoshlar gazetasida rus shoiri Sergey Yesenin ijodidan qilgan tarjimalari bosilib chiqadi. Oʻsha kuniyoq Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim yosh shoirni ishxonasiga taklif qilib, u bilan yaqindan tanishibdi. Gazetada eʼlon qilingan tarjimalari juda yaxshi chiqqani bilan tabriklabdi. Keyin oʻsha yili Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda chop etilishi rejalashtirilgan Yesenin sheʼrlari toʻplamiga oʻzlari tarjimon qilib belgilanganini aytib, “Men shu ishni sizga topshiraman. Chunki shoirning ajoyib sheʼrlari sizning tarjimangizda asliga juda yaqin, asliyati kabi juda goʻzal boʻlishiga ishonaman”, debdilar. Shundan keyin Zulfiya opaning takliflari bilan nashriyot bu ishni yoshgina shoir Erkin Vohidovga topshiradi. “Zamin dargʻasi” nomi bilan bosilib chiqqan toʻplamdagi sheʼrlar adabiy jamoatchilik orasida mahorat bilan qilingan tarjimalar sifatida yuksak baholanadi.

Haqiqatan ham, Erkin Vohidning Sergey Yesenin sheʼriyatidan qilgan tarjimalari adabiyotimizdagi eng goʻzal tarjimalardan boʻlib qoldi. Va yana Zulfiyaxonimni yigirma yil davomida nisbatan yaqindan bilgan, yosh ijodkorlarga mehri, iftixori, gʻamxoʻrligining koʻp bora guvohi boʻlgan odam sifatida, oʻshanda ustoz shoira navqiron ijodkorning muvaffaqiyatlaridan hammadan koʻproq quvonganlar orasida boʻlgan, deya olaman.

Muhtarama ULUGʻOVA,

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 317
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210645
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99711
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24331
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14607
Ommaviy madaniyat

//