Oqilona javob


Saqlash
15:10 / 04.10.2021 0 1697

 

 Chingizxonning nevarasi Xulagu Bog‘dodni bosib oladi. Ular shaharda nima topishsa hammasini tortib olishadi. Shu asnoda, ba’zi manbalarga ko‘ra, 200 ming kishi ba’zi manbalarda esa, 400 ming kishi qatl qilinadi. Qadimiy masjidlar, saroylar, kutubxonalar yer bilan yakson qilinadi...

Bu zolim hukumdor shahar tashqarisidagi qarorgohida turib mintaqaning eng mashhur olimi bilan ko‘rishish niyati borligini bildiradi. Albatta, Xulagu qarshisiga chiqishga hech kimning jasorati yetmaydi. Nihoyat, bir madrasada ustoz bo‘lib ishlaydigan Qozixon ismli olim Xulagu bilan uchrashishga roziligini bildiradi. Ketayotganida yonida bir tuya, bir echki va bitta xo‘roz olib boafsona afradi. Xulagu yosh olimni ko‘rib, izlab-izlab seni topishdimi, deydi. Yosh olim:

– Jussali bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsang, tashqarida bitta tuya bor. Soqolli bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsang, tashqarida bitta echki bor. Ovozi qalini bilan ko‘rishmoqchi bo‘lsang, tashqarida bitta xo‘roz bor. Istaganingni chaqirtirib, istaganing bilan ko‘rishishing mumkin, deydi.

Xulagu, bu yosh olimning hikmat sohibi ekanligini bilib:

– Aytchi, men bu yerlarga nima sababdan keldim?

Yosh olim bu savolga shunday javob beradi:

– Seni bu yerga bizning amallarimiz olib keldi. Allohning bizga bergan ne’matlarining qiymatini bilmadik, shukrini qilmadik, mol-dunyo, ko‘ngilxushlik, mansab-martaba ortidan chopdik. Alloh ham bizga bergan ne’matlarini qaytarib olish maqsadida, seni bizga balo qilib jo‘natdi.

Bu javobdan xayratlangan Xulagu:

– Xo‘p, endi meni bu yerdan kim chiqarib yubora oladi? – deb so‘raydi.

Olim bu savolga ham ikkilanmay shunday javob qiladi:

– Qachonki, biz o‘zimizga, o‘zligimizga qaytsak, bir-birimiz bilan ovora bo‘lishdan voz kechsak, ana shunda sen bu yerlarda bir soniya ham turolmaysan.

 

Arab tilidan Abdulloh Rahimboev tarjimasi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 351
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 396
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210668
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99731
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24341
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18242
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16401
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//