Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 208330

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Anaxon

06:01 / 01.01.1970

Dunyoda hamma narsa boʻlishi mumkin. Yaxshi va yomonlik har doim yonma yon boʻladi. Kim qanaqa yoʻlni tanlashi oʻziga bogʻliq. Hammada tanlash imkoniyati bor. Lekn oʻzi bilmagan holda yomonlik qilib qoʻyishi mumkin.

Boymirzayev Xolmirzabek

06:01 / 01.01.1970

Salom! Agar har bir inson õzini xatosini va kamchiligini bilganda edi boshqalarni yamon taraflari haqida emas yaxshi tamonlarini õylagan bõlar edi.

Dvalatboy

06:01 / 01.01.1970

Men oq qogʻoz va qora dogʻni men insondagi bazi bir hislatlarini oʻxshatishimiz mumkin qora soha bazi bir hislatlari odamga yoqadigan boʻlishi mumkin

Qirgizboy

06:01 / 01.01.1970

Ha juda tori fkr bu dunyoda hamani yoman tarfi bulad lekn ularni yaxsh taraf yomn tarflaridan juda kup buladi.masalan sz umringz davomida hamaga yaxshilik qilgan bulsangizu br kun sz uzingz bilmasdan yomn ish qb quysangz hama szni usha qlgan yomn ishingizni yodga oladi amo yaxshiliklaringizni kamdan kam odam eska olad

Sarvinoz

06:01 / 01.01.1970

Haqiqatdadan ham shunday insonlar faqat qora nuqtaga etibor beradi .Oq qogoz shuncha kata bolgani bilan ham qora nuqta kishkina bolsa ham shunga etibor berilgan . Biz qora nuqtani togirlashga yordam berishimiz kerak

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 126
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1001
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208331
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98162
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23620
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17641
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13953
Ommaviy madaniyat

//