Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 210656

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Andugaffor

06:01 / 01.01.1970

Tanganing xam ikki tomoni bor. Yani hamma insonni yaxshi va yomon jihati bor

Zarnigor

06:01 / 01.01.1970

Qora nuqta qancha kichik boʻlsada uni to'g'irlashga harakat qilish kerak agarda to'g'irlay olmasak kattalashib boraveradi

Baxtiyjor

06:01 / 01.01.1970

Ha to‘g‘ri bu hikoya 9 sinf ona tili adabiyot fanlari dan bilet savollarga qo'yilgan.bu hayotimizda odamlar juda ko'p va biz har doim ularni yomon tomonlarini ko‘ramoz va ulardan ko'nglimiz sovutamiz, agarda biz ularni kamchiligini izlamay ularnga yordam bersak har ishidan kamchilik izlamasak biz ular b n qalin do‘st yoki oshno og'ayni bo‘lishimiz mumkin

Adolat

06:01 / 01.01.1970

Insonlarni qordayin oppoq yaxshiliklari bilinmaydi.Ammo,shu kichik bir xato butun bir hayotni òzgartirib qòyadi.

Asilzoda

06:01 / 01.01.1970

👍👍Ōqituvchi tōğri aytgan faqatgina insonlarni xatolarini emasbalki ularni yaxshi xislatlarini ham kōra bilishimiz kerak👍👍❤️

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 323
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210657
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99721
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24802
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24333
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18234
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14611
Ommaviy madaniyat

//