Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 210654

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Shohjahon Golibov

06:01 / 01.01.1970

9-sinf imtihonida wu mavzuda bayon yoziw kk ekan

Hadicha f

06:01 / 01.01.1970

Biz hayotimizda qora dog'ning kattarib ketishiga yõl qõymasligimiz kerek

Umida

06:01 / 01.01.1970

Togri qora dogga qarab qolish ham kerak emas yani yomon tarafga emas balki oq qogoz yani yaxshilikni ham unitmaslik kerak. Birgina qora dig sababli oq qogozni chetga surmashlik kerak yomonlikni ham yaxshilikni ham birdek korish kerak . Insonlar bir biriga mehrli bolish kerak shunda qora dogga sabab qolmaydi...!

Baxtiyor

06:01 / 01.01.1970

Ha hamma odamlar bir xil bulishganda Bir birini yomonlamas edi oqkungil inson hayoti davomida hammaga uz yaxshiliklarini kursatadi

Murodjon

06:01 / 01.01.1970

Hayotda hammaning ham xarakteri bir xil emas. Ba'zilar hayotning yaxshi tomonini, ba'zilar esa yomon tomonini kóradi.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 323
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210655
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99720
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24802
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24332
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17233
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14610
Ommaviy madaniyat

//