Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?


Saqlash
12:06 / 13.06.2024 0 479

Germaniyada, xususan, g‘arbiy Bavariyadagi tarixiy Shvabiya aholi hududlarida sanitariya tozalikka rioya etish “tug‘ma” emas, aksincha, majburiy ravishda qadriyat va an’anaga aylantirilgan. Uzoq vaqt davomida nemislar chiqindi, kul, o‘limtiklar, suyak-sayoq va yuvindilarni devor osha ko‘chaga yoki jamoat joylariga tashlayvergan. Natijada antisanitariya sharoitlarida turli kasalliklar ko‘paygan, qishloq va shaharlarda epidemiya o‘choqlari vujudga kelgan.

 

XV asrda graf Vittemberg ushbu chiqindilar qo‘lansasidan kasal bo‘lib qoladi va u odamlar va chorva mollarining chiqindilarini qishloqdan chetroqqa yoki tungi vaqtda daryoga oqizish to‘g‘risida farmon qabul qiladi.

 

Albatta, farmon shartlarini nazorat qilish oson ish emasdi. Politsiyani har bir xonadonga yoxud fermerga biriktirish qimmat tadbir bo‘lib, huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun korrupsiyani keltirib chiqaruvchi boshog‘rig‘i edi.

 

Shundan so‘ng graf yangi farmon chiqardi, natijada Shvabiya shaharlari to‘satdan toza bo‘lib qoldi. Farmonning mohiyati quyidagicha edi: agar qo‘shningiz bir necha hafta davomida chiqindisini tozalamagani, devordan ko‘chaga uloqtirgani yoxud belgilanmagan joyga tashlagani haqida xabar bermasangiz, unda nafaqat u, balki siz ham aybdor sanalasiz. Agar siz tegishli idoraga xabar bersangiz, unda siz qo‘shningiz mulkining bir qismiga egalik huquqini qo‘lga kiritasiz.

 

Natijada hamma qo‘ni-qo‘shni nazaridan hayiqib, o‘z mulkining daxlsizligini o‘ylab, har shanba kunlari hovlisi va shaxsiy hududini tozalab, chiqindilarni qat’iy belgilangan joyga sarishtalik bilan eltishga odatlandi.

 

Ushbu holatni bir tomondan, chaqimchilikka majburlash, shaxs erkinligini bo‘g‘ish deb talqin qilish mumkin. Boshqa tomondan esa shvabiyaliklar qisqa muddatda o‘z qishloq va shaharlarining sanitar holatini risoladagidek tartibga keltirib, butun nemis xalqiga namuna ko‘rsatdi. Natijada ma’lum vaqtdan so‘ng graf Vittembergning majburiy farmoni Germaniya milliy urf-odati va an’anasi tarkibiga ozodalik va sarishtalik fazilatini olib kirdi.

 

Islom XUSHVAQTOV

 

Jadid” gazetasi, 2024-yil 31-may, 23-son.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

18:06 / 25.06.2024 0 358
Mashrabning “o‘rtar”i

Bir kuni...

17:06 / 24.06.2024 0 277
Ajina ismli qiz

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 291
Tilni qanday saqlab qolamiz?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 209305
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98815
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24496
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23951
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17899
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17000
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16002
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14240
Ommaviy madaniyat

//