Mashrabning “o‘rtar”i


Saqlash
18:06 / 25.06.2024 0 358

Boborahim Mashrabning “O‘rtar” radifli g‘azalini bilmagan odam bo‘lmasa kerak. Bu g‘azalning qo‘shig‘ini xirgoyi qilmagan kishi ham bizda topilishi dargumon. 

 

Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyib jon-u jahon o‘rtar,

Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o‘rtar.

 

Gap shundaki, shoir g‘azalda o‘rtar so‘zini shu qadar mahorat bilan ishlatganki, har bir baytda bu so‘z tub ildizi bilan to‘liq namoyon bo‘lgan.

 

Qadimgi tilimizda o‘rt so‘zi “yong‘in” ma’nosini anglatgan. O‘rtar so‘zi ham shundan kelib chiqqan. Hozirgi paytda ham qo‘llanadigan ko‘nglim o‘rtandi iborasi asli “ko‘nglim yong‘in ichida qoldi” mazmunida bo‘lgan.

 

Mahmud Koshg‘ariyda “ol otun ӧrtӓdi” degan gap “u o‘tin yoqdi” ma’nosini ifodalab kelgan.

 

Alisher Navoiyning “Ko‘zida suv valekin jonida o‘rt” degan misrasidagi o‘rt so‘zi o‘t, olov ma’nosini anglatadi. Bu misraga bir e’tibor qilib qarang-a, qanday teran, qanday qayg‘uli! Bor yo‘g‘i beshta so‘zga qancha iztirob, qancha kechinmalar joylangan.

 

Eshqobil SHUKUR

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:06 / 24.06.2024 0 277
Ajina ismli qiz

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 292
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 480
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 209305
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98815
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24496
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23951
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17899
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17000
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16003
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14240
Ommaviy madaniyat

//